Dunyoda birinchi marta mehmonxonaga meteorolog ishga olindi

Jamiyat 16:15 / 23.06.2017 7536

London Marriott Hotel County Hall meteorologni ishga olgan dunyodagi birinchi mehmonxona bo‘ldi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. 

Bunday lavozimga shotlandiyalik sinoptik va teleboshlovchi Kirsti Makkeybni qabul qilishdi. 42 yoshli mutaxassis ob-havo prognozlariga asoslanib, mehmonlar uchun maxsus marshrutlarni tashkil qiladi.

Masalan, Makkeyb yomg‘irli kunda sayyohlarga teatr yoki muzeyga borishni taklif qiladi, ochiq havoda esa charxpalakda uchishni va ochiq havoda boshqa mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishni taklif qiladi. Meteorolog sutkada 24 soat, haftda yetti kun London Marriott Hotel County Hall mijozlari xizmatiga shay bo‘ladi.

Bundan tashqari, Makkeyb mehmonxonaning konserj-xizmati bilan birga 12 lyuks xonadagi mehmonlar har qanday kutilmagan ob-havoga tayyor bo‘lishiga yordam beradi.

Masalan, deraza ortida yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa, nomerda yorug‘lik bilan davolovchi maxsus lampa o‘rnatiladi, mehmonga esa yomg‘irdan himoyalovchi kiyim, rezina etiklar va soyabon taqdim etiladi. Agar tashqarida quyoshli ob-havo bo‘lsa, mehmonxona sayyohni quyoshdan himoyalovchi krem bilan ta'minlaydi.

Mehmonxona saytida ma'lum qilinishicha, servis noyabr oyining oxiriga qadar amalda bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: