Dayjyest: «Paxtakor»da yangi davr, «Yong‘oq vaziri», Rossiyada Telegram’ga tahdid va kunning boshqa xabarlari

Jahon 21:12 / 23.06.2017 27869

Yakunlanib borayotgan 23 iyun O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Foto: O‘zA

23 iyun kuni Prezidentning Farg‘ona viloyatiga safari davom etdi. Davlat rahbari shu kuni Farg‘ona shahridagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi.  Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi Nuroniylar maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

22 iyun kuni soat 10:20 da Samara—Chimkent trassasining 946-kilometrida, Qorabutoq posyolkasidan 20 kilometr uzoqda ikki qavatli Mercedes avtobusi ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi (O‘zbekiston fuqarolari), 18 kishi kasalxonaga yetkazildi (17 nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qozog‘iston fuqarosi). 25 kishiga hodisa joyida yordam ko‘rsatildi. YTH tufayli halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi.  So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotlar ularning qarindoshlariga yetkaziladi.  Bundan tashqari, YTH qurbonlari jasadlari bugun O‘zbekistonga keltiriladi.

O‘zbekiston ijobiy taassurotlar indeksida yuqori o‘rindan joy oldi

MXX 2 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarini yoqib yubordi

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga rais tasdiqlandi

O‘zbekistonda hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi

Jahon

Foto: AP

Qozog‘iston Suriyaga harbiylari yuborilishi borasida o‘z pozitsiyasini bildirdi

Rossiya HDF IShIDning Suriyadagi obektlariga raketa zarbalari berdi

Pokistonda portlash, qurbonlar bor. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, sodir etilgan portlashlarda 15 kishi halok bo‘ldi. 

Poroshenkoga impichment e'lon qilinishi mumkin

Qirg‘iziston Suriyaga harbiylarni yuborish bo‘yicha rasmiy taklif olmagan

Grenfell Tower’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

Janubiy Koreya ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Arab davlatlari Qatardan Eron bilan aloqalarni uzishni talab qilishmoqda

Telegram Rossiyada to‘sib qo‘yilishi mumkin, Durov o‘z fikrini bildirdi

Texnologiya

Foto: motor.ru

Italiyadagi supermarketlar tarmog‘i mijozlarga 1,5 mingta Fiat sovg‘a qildi

Kia Rossiya bozoriga mo‘ljallangan yangi Rio’ni taqdim etdi

Smartfonlar sinovi: Mikroto‘lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?

UZMOBILE «ZiyoNet» tarmog‘i resurslariga imtiyozli ulanish imkoniyatini taqdim etadi

Sport xabarlari

Ispaniya sudi Messi uchun qamoq jazosini jarimaga almashtirdi

Shimoliy Koreyada 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari qator bahslari o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston MTJ Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar oldidan uchta o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvi o‘tkazmoqchi

«Paxtakor» Arveladzeni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Bu jyentlmen aslida kim?  Shuningdek, Marko Simich «Paxtakor» bilan 2,5 yillik shartnoma tuzdi.  Bundan tashqari, «Liverpul»ning sobiq futbolchisi «Paxtakor»ga o‘tishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: