Braziliyadagi avtofalokatda 21 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 00:38 / 23.06.2017 6881

Braziliyada yuk mashinasi, avtobus va ikkita tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda 22 iyun kuni Braziliya yo‘l politsiyasi ma'lum qildi.

Hukumatning ma'lum qilishicha, YTH Espiritu-Santu shtatida 22 iyunda mahalliy vaqt bilan soat 5:50 da sodir bo‘lgan.  YTH tosh ortib olgan yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, avtobusga kelib urilishi oqibatida sodir bo‘lgan. Avtobus ortidan kelayotgan ikkita tez yordam mashinasidan biri falokatdan qochib qutula olmagan, ikkinchisi esa ag‘darilib ketgan. Avtofalokat joyida yong‘in chiqqan.

Avtobusda ketayotgan yo‘lovchilar eng ko‘p jabr ko‘rgan. Globo portali ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasidan 13 kishi halok bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, avtobus yuk mashinasi kelib urilishidan bo‘laklanib, yonib ketgan. Qurbonlarning aksariyati aynan yong‘inda halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: