Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi

Jamiyat 22:31 / 23.06.2017 93185

Feysbukdagi «Voditeli tashkenta» (DRIVERS.UZ) guruhida foydalanuvchi Bahodir Azizov tomonidan joylashtirilgan postda bugun Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida ro‘y bergan bir voqea haqida xabar berilmoqda.

Bozorga savdo uchun kelgan ona «Neksiya» avtomashinasida o‘zining ikki farzandi — 3 va 5 yoshlar atrofidagi qizaloqlarini eshiklarni yopib qoldiradi va aftidan, ular haqida unutib qo‘yadi.

Bozorning mashinalar avtoturargohida ishlovchi xodimlardan biri qizaloqlarning mashinada tinchgina uxlab yotganiga ko‘zi tushadi, biroq derazani chertganda ular reaksiya bildirmaydi.

Bu holatdan shubhalangan xodim darhol militsiya va «tez yordam» chaqiradi, eshik ochilib, qizaloqlar chiqarib olib, o‘ziga keltiriladi. Beparvo ona esa shundan keyin ham yarim soat o‘tib paydo bo‘ladi. Voqea guvohlari onaga tanbeh berib, tashlanishadi.

«Odamlar! Shunday vaziyatlarda ehtiyotroq bo‘linglar», deb tugatadi post egasi o‘z so‘zlarini.

Avtomashina davlat raqamidan haydovchi ayol Samarqand viloyatidan ekanligini bilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: