Amerikaliklar haddan tashqari ko‘p qurol sotib olmoqda

Jahon 10:16 / 23.06.2017 12825

Amerikalik olimlarning aniqlashicha, Qo‘shma Shtatlar aholisi o‘zini-o‘zi himoya qilishga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni ko‘proq xarid qila boshladi. Tegishli tadqiqot American Journal of Preventive Medicine’da e'lon qilindi, deb xabar bermoqda EurekAlert!.

Mualliflar o‘qotar qurolni qo‘llash bilan bog‘liq holatni faqatgina jinoiy nuqtai nazardan emas, balki sog‘liqni saqlash yuzasidan ham ko‘rib chiqishni taklif etishmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday vaziyatlar ro‘y berishining oldini olishi mumkin bo‘lgan tendensiyalarni aniqlash kerak. Xususan, ular qurol ishlab chiqaruvchilari tomonidan uni bozorga keng yetkazish aholi o‘rtasidagi talabga qanday ta'sir ko‘rsatishini aniqlamoqchi bo‘ldilar.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, AQSh ichki bozorida 1990-2005 yillar davomida har yili taxminan 3-5 million dona o‘qotar qurol ishlab chiqarilgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich keskin oshdi va 2013 yilda maksimumga yetdi (10,3 million dona). 2013 yilda ishlab chiqarilgan qurolning katta qismi to‘pponcha va miltiqlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ta'kidlanishicha, har yili o‘qotar qurolni qo‘llashdan o‘rtacha 100 ming amerikalik qurbon bo‘ladi yoki jabrlanadi. Shu bilan birga, olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga qaraganda, AQSh fuqarolari ayni damda qurolga ko‘proq o‘zini-o‘zi himoya qilish vositasi sifatida qaramoqda.

Ko‘proq yangiliklar: