O‘zbekistonga 11 ming 650 tonna urug‘lik kartoshka chetdan olib kelinadi

Jahon 18:40 / 22.06.2017 13011

Vazirlar Mahkamasining 14.06.2017 yildagi 374-son “Kartoshkani kultivatsiya qilish hajmlarini ko‘paytirish, kartoshka urug‘chiligi va urug‘ fondini yaxshilash chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
«O‘zdonmahsulot» AK, «O‘zvinosanoat-xolding» XK va «O‘zpaxtasanoateksport» XK  tarkibiga kiradigan tashkilotlar kartoshkani takroriy ekin sifatida yetishtiradi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mazkur tashkilotlarga 2017 yilgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan ekin maydonlarida kartoshka yetishtirish uchun fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzishda ko‘mak beradi.
 
Buning uchun  O‘zbekistonga 11 650 tonna urug‘lik kartoshka import qilinadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan,  «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJ, «Yakkabog’ meva-sabzavot eksport tayyorlov» MChJ, «Agro fruits export trade» MChJ, «Imkon agro» MChJ, «Surxondaryo agrofirmasi» MChJ  MMTG‘K, «Gold atlas global» MChJ MMTG‘K tomonidan olib kelinadigan mazkur hajmdagi kartoshka 2017 yil 1 avgustgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilindi.
 

Ko‘proq yangiliklar: