Turkiyadagilar Rossiya Suriyaga qozog‘istonlik harbiylarni jo‘natmoqchi bo‘lganini aytishmoqda

Jahon 22:11 / 22.06.2017 8480

Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin Rossiya Suriyadagi qaynoqlikdan xoli nuqtalarga Qirg‘iziston va Qozog‘istondan harbiylarni jo‘natish taklifini ilgari surgani haqida gapirgan, deya yozmoqda Habertürk telekanaliga asoslanib, RIA Novosti.

O‘tgan seshanba kuni Suriya bo‘yicha BMT maxsus vakili Staffan de Misturaning ofisi, Rossiya TIV va Qozog‘iston TIV Suriya masalasi bo‘yicha Ostona muzokaralari 4–5 iyul kunlari o‘tkazilishini tasdiqlashgan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ta'kidlashicha, tomonlar ushbu uchrashuvda mojarolardan xoli hududlarda amalda bo‘lishi lozim bo‘lgan rejim ta'minotining muayyan modallik parametrlarini ma'qullab olishni yakunlashga kelishishgan.

Qalinning TVda yangragan so‘zlariga ko‘ra, Turkiya amaldorlari o‘tgan haftada RF prezidentining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev bilan Suriyadagi mojarolardan ozod qilinayotgan hududlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgan.

«Ruslardan hatto tinchlantirilgan hududlarga ma'lum bir sondagi qirg‘iz va qozoq harbiylarini jo‘natish borasida taklif kelib tushdi. Ular bu tinchlik o‘rnatish doirasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari mumkin... biroq bularning barchasi sinchiklab o‘rganishni talab etadi. Xaritalar o‘rganib chiqilmoqda, kim qayerdan kiradi, qancha askar qayerga joylashtiriladi... Ya'ni, 300–500 nafar askar zarur bo‘ladimi? Hozir Idlibda milliondan oriq kishi istiqomat qilmoqda. Harbiylar ayni paytda buncha qadar aholi uchun qancha harbiy kerakligini muhokama etishmoqda. Ostonadagi iyul uchrashuvlaridan so‘ng bu masalalar konkret yechimga ega bo‘lishi mumkin», — deya Qalinning so‘zlarini keltirmoqda Habertürk.

3–4 may kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida kafolotlovchi davlatlar (RF, Eron, Turkiya) vakillari Suriyada mojarodan holi to‘rt hudud tuzilishi haqida memorandum imzolashgan edi. Hududlarning biri tarkibiga Idlib, shuningdek unga qo‘shni viloyatlar Lataqiya, Hamo va Halabning ma'lum bir qismlari, Suriya janubidagi ma'lum bir hududlar — Dar'a va al-Qunaytra viloyatlari ham kiradi. RIA Novosti manbasiga ko‘ra, hujjat kafolatlovchi davlatlarning harbiylarini ushbu hududlarga harbiy harakatlarni to‘xtatish rejimini nazorat qilish uchun jo‘natishga ruxsat beradi.

Ostonada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari, RF prezidentining maxsus vakili Aleksandr Lavrentev xavfsizlik hududlarga o‘z harbiylarini jo‘natishga tayyor ekanligini ta'kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda boshqa davlatlar ham ishtirok etishi mumkin, faqat kelishuv bilan. Eron TIV maxsus vakili Bahrom Qosimiy ham agar tegishli bitim imzolansa, Tehron ham Suriyaga kuzatuvchilarni jo‘natishga tayyor ekanligini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: