Tramp va Si Tszinpin Hamburgdagi G20 sammitida muzokaralar o‘tkazadi

Jahon 09:43 / 22.06.2017 3714

Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tadigan G20 sammiti davomida uchrashadi.

Bu haqda CCTV telekanali XXR tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«XXR raisi Si Tszinpin va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp Hamburgda iyul oyida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashadi», - deya telekanal xabaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Avvalroq Tramp Xitoy Vashingtonga Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatda yordam bera olmagani haqida yozgandi. Amerika rahbari bu haqda Twitter’da yozgan.

Ko‘proq yangiliklar: