Toshkentdagi “Mirzo Yusuf” jome masjidida Qadr kechasi fayzli kutib olindi (fotojamlanma)

Jamiyat 15:39 / 22.06.2017 32864

Toshkent shahrida joylashgan “Mirzo Yusuf” jome masjidida 21 iyun, Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga o‘tar kechasida ming oydan yaxshiroq hisoblangan Laylatul Qadr kechasi kutib olindi.

Taroveh namozi o‘qilib, Qur'oni karim xatmonasi yakunlandi. Qorilar tomonidan chiroyli va manzur duolar qilindi. Qo‘shimcha ibodatlar, zikrlar va duolar qilish boshlandi. Masjidga tashrif buyurgan ulamolar Allohdan yurtga tinchlik-xotirjamlik, oilalarga baraka va yaxshilik hamda ikki dunyo saodatini tilab, qo‘llarini duoga ochishdi. 

Masjid imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinov va Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov go‘zal mavzularda ma'ruza qilib, Laylatul Qadrning fazilatlari va bu kechada bajarilajak amallar xususida to‘xtalib o‘tishdi. “Mirzo Yusuf” jome masjidiga savob umidida tashrif buyurgan odamlar ham qo‘llarini duoga ochib, Allohdan ezgu niyatlarini amalga oshirishni so‘rashdi.

Laylatul qadr kechasini sokinlik, yaxshilik va fayzli kecha bo‘lishi haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan bir qator hadislar mavjud. Ana shu hadislarda tilga olingan alomatlarni, fayz va sokinlikni shu kuni “Mirzo Yusuf” jome masjidida ko‘rish mumkin edi.

 

Ko‘proq yangiliklar: