Shavkat Mirziyoyev: fan va amaliyot hamkorligini yanada mustahkamlash zarur

O‘zbekiston 22:40 / 22.06.2017 10345

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg‘ona filiali tajriba xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur tajriba xo‘jaligida 21,3 gektarda g‘o‘zaning «O‘zFA-710», 9,2 gektarda g‘allaning «Yaksart» navi ekilgan. G‘alla hosili pishib yetilib, o‘rib olinmoqda. Xo‘jalikda yigirmadan ziyod kishi mehnat qiladi, paxta va g‘alladan har yili mo‘l hosil olinmoqda.

Davlat rahbari g‘alla yig‘im-terimida ishtirok etayotgan fermerlar bilan muloqot qildi.

«Non — eng aziz ne'mat. G‘allachilikni rivojlantirish, istiqbolli, serhosil navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish olimlarimiz va dehqonlarimiz oldidagi muhim vazifalardandir. Buning uchun fan va amaliyot hamkorligini yanada mustahkamlash zarur», — dedi Prezident.

Ko‘proq yangiliklar: