Rossiya mudofaa vaziri samolyotiga yaqinlashmoqchi bo‘lgan qiruvchilar Polshaga tegishli bo‘lgan

Jahon 14:13 / 22.06.2017 18920

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotiga chorshanba, 21 iyun kuni Boltiq dengizi ustida Polsha qiruvchilari yaqinlashishga uringan. Bu haqda RMF 24 xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Polshaning F-16 qiruvchilari Boltiq dengizi uzra parvoz qilayotganda uchta nishonni payqashgan - Tu-154 va ikkita Su-27. Polsha mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Shoygu samolyotiga hamrohlik qilish NATO jarayonlariga muvofiq amalga oshirilgan.

NATO qiruvchisining Shoygu samolyotiga yaqinlashishi videosi e'lon qilindi

Keyinchalik Polsha qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi Rossiya samolyotlarini tutishda Polsha qiruvchilari ishtirok etganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ko‘proq yangiliklar: