Ronalduning advokatlari muhim hujjatni qalbakilashtirgan bo‘lishi mumkin

Sport 14:29 / 22.06.2017 7707

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlarni to‘lamagani bo‘yicha ish tafsilotlari ma'lum qilindi.

Der Spiegel tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining advokatlari ishni yengillashtirish uchun muhim hujjatlardan birini qalbakilashtirgan bo‘lishi mumkin.

Futbolchining advokatlari bildirishicha, Ronalduning daromadlari 2009 yildan boshlab tekshirilishi kerak. Chunki, futbolchi aynan shu yili «MYu»dan «Real»ga o‘tgan. Ammo prokuror bu haqdagi hujjatni rad etgan va Ronaldu 2008 yilning 12 dekabrida kuni «Real»ga o‘tganini ta'kidlagan.

O‘tgan haftada Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda aybladi.

Biroz avvalroq futbolchi prokuratura bilan hamkorlik qilishi va 14,8 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni o‘z ixtiyori bilan to‘lab berishi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: