Ramazon oyining 27-kunida Toshkentning uchta masjidida xatmona yakunlanadi

Jamiyat 12:41 / 22.06.2017 8378

Bugun 22-iyun, Muborak Ramazon oyining 27-kunidir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidda bu kecha Qur'oni Karim xatmonasi yakuniga yetkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. “Hazrati Umar” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, M.Uyg‘ur ko‘cha, 556a-uy. Mo‘ljal:”Charog‘on” restorani qarshisida)
Masjid imom-xatibi – Shermatov Husanboy. Qori: Azimboyev Valixon.

2. “Mahkamboy hoji ota” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Oqshom ko‘cha, 25A-uy)
Masjid imom-xatibi-Zokirov Habibulloh. Qori: Mirzaqulov G‘ayrat.

3. “Omina” jome masjidi. (Yunusobod tumani, Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy)
Masjid imom-xatibi – Hazratqulov Muhammadboqiy.  Qori: Shodiyev Yusuf.

 

Ko‘proq yangiliklar: