Poroshenko Saakashvili Ukraina uchun hech qanday muhim ish qilmaganini aytdi

Jahon 21:21 / 22.06.2017 9790

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina uchun hech qanday muhim ish qilmaganini aytdi. U bu haqda Bryusseldagi brifingda aytib o‘tdi.

"Men janob Saakashvili Ukrainada nima qilayotganidan mutlaq bexabarman, chunki u menga yordamlashish uchun taklif qilingandi, biroq, afsuski, natijalarni ko‘rib turibsiz: u hech qanday muhim ish qilmadi", deb aytdi Poroshenko.

Bundan avvalroq Saakashvili u safarda bo‘lganda Poroshenko uni sud tartibida fuqarolikdan mahrum qilmoqchi ekanligini aytgan.

Saakashvili Odessa viloyatiga 2015 yil gubernator bo‘lgan. Uning bu lavozimga tayinlanishi tashabbuschisi aynan Poroshenko bo‘lgan. Poroshenko Gruziyaning sobiq prezidentiga katta umidlar bog‘lashini aytgandi. 2016 yil noyabrda Saakashvili Ukraina hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashishni istamaslikda ayblab, iste'foga ketgandi. Uning aytishicha, Poroshenko viloyatdagi jinoiy "klan"larga soyavonlik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: