Pentagon afg‘on harbiylariga mos tushmaydigan libos uchun qariyb 100 mln dollar sarfladi

Jahon 09:46 / 22.06.2017 7859

Pentagon Afg‘onistondagi harbiy xizmatchilar libosiga 94 mln. dollar sarfladi. Avvalgi libos ushbu mintaqada yashirinish paytida yordam bermasligi qayd etilgan.

Newsweek’ning xabar qilishicha, harbiy mahkama afg‘on harbiylariga o‘rmon landshaftiga mo‘ljallangan kamuflyajni yetkazib bergan. Biroq, mamlakat hududining atigi 2 foiz o‘rmonlardan iborat ekani aytilmoqda.

«Mudofaa vazirligining Afg‘oniston Qurolli kuchlarini bunday kamuflyaj rasmga ega libos bilan ta'minlashi Afg‘onistondagi sharoitga uning mos kelishiga asoslanmagan», - deya Special Inspector General for Afghanistan Reconstruction komissiyasi bayonotidan iqtibos keltiradi nashr. Ushbu komissiya Afg‘onistonni tiklash uchun ajratiladigan mablag‘larning ishlatilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.

Nashrning ko‘rsatishicha, afg‘onistonlik amaldorlar shunday rangdagi libosni o‘z xohishlari bilan tanlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: