Olmaliqda 22 yoshli yigit “Damas” avtomashinasini haydab qochdi

Jamiyat 13:23 / 22.06.2017 6457

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi yosh yigit, endigina 22 yoshga kirgan M.U o‘zganing avtotransportini olib qochishga qo‘l uradi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, u 1990 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor A.S boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani haydab qochgan. Ammo u uzoqqa bora olmadi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi. 

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Olmaliq shahar Primqulov ko‘chasi 11”V”-uy oldidan texnik soz holda topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: