OAV: Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni qiroli bilan Qatar «qamalini» muhokama qildi

Jahon 11:28 / 22.06.2017 8926

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol-Saud va yangi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan telefon muloqoti o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters Turkiya rahbari ofisidagi manbalarga asosan.

Ta'kidlanishicha, Turkiya va Saudiya Arabistoni vakillari Qatar bilan munosabatlardagi keskinlikni kamaytirish uchun ko‘proq sa'y-harakatlarni amalga oshirishga rozi bo‘lishgan.

Manbalar so‘zlariga ko‘ra, 21 iyun kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida, ular ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish tarafdori ekanliklarini alohida qayd etishgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Muhammad bin Salmonning yangi valiahd shahzoda bo‘lgani bilan tabriklagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: