Mirziyoyev YeTTB bilan doiraviy bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston 19:22 / 22.06.2017 8336

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish hamda taraqqiyot banki o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uchun ekologik reabilitatsiya hisobi bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.

Hujjat 2017 yilning 16 mart kuni Toshkentda, YeTTB Prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolangan.

O‘zbekiston rahbari ushbu xalqaro bitimni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli idora sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Sanoatgeokontexnazorat)ni belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rsatilgan xalqaro bitim kuchga kirishi uchun lozim bo‘lgan ichki davlat jarayonlari bajarilgani haqida tegishli bildirishnomani yuborish vazifasini topshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: