Makron Fransiyaning 2011 yilda Liviyaga bostirib kirganini xato deb atadi

Jahon 09:48 / 22.06.2017 5692

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron mamlakat qurolli kuchlarining 2011 yilda Liviyadagi operatsiyada ishtirok etganini xato deb atadi va bunday ssenariy Suriyada takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.    

"Men bilan birga Fransiyaga 10 yil avval import qilingan neokonservatizm shakli tugaydi. Demokratiyani xalqlarni jalb qilmasdan, tashqaridan olib kelib bo‘lmaydi. Fransiya Iroqdagi urushda qatnashmagan va u bunda haq bo‘lgan. Biroq u Liviyadagi urushga aralashib, xato qilgan. Bu harakatlarning natijasi nima bilan yakunlandi? Terrorchilik guruhlari gullayotgani va barbod qilingan davlatlar bilan. Men bu Suriyada ham yuz berishini istamayman", deb aytdi Makron Yevropa OAVga bergan intervyusida.

2011 yil fevrali o‘rtalarida Liviyada mamlakatni 40 yildan ko‘proq boshqargan Muammar Kaddafiyning hokimiyatdan ketishi talabi bilan ommaviy namoyishlar boshlangandi va ular oxir-oqibat hukumat qo‘shinlari va isyonchilar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylanib ketgan. NATO o‘sha yiliyoq Liviyada harbiy kampaniyani boshlagan.

Kaddafiy 2011 yil oktabrda ag‘darib tashlanib, o‘ldirilgandan keyin mamlakatda ikki hokimlik vujudga kelgan. Shu bilan birga Liviyaning bir qator hududlari umuman markaziy hokimiyat tomonidan nazorat qilinmaydi, bu yerlarda IShID jangarilari faol harakat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: