Makron: Bashar Asadning chetlatilishi endi ustuvor vazifa emas

Jahon 00:33 / 22.06.2017 9298

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyatdan chetlatilishi endi Suriyadagi inqiroz yechimini izlashdagi ustuvor vazifa emasligini aytdi.   

Uning fikricha, terrorchilikka qarshi kurashishga e'tibor qaratish lozim.

"Men Asadning chetlatilishini barchasi uchun boshlang‘ich shart deb bilmayman, chunki uning qonuniy vorisi sifatida hech kimni ko‘rmayapman", deb aytdi Makron 21 iyunda Yevropa nashrlarida chop etilgan intervyusida.  

Makron terrorchilik guruhlariga qarshi kurash ustuvor vazifa bo‘ladigan, Suriya uchun yangi reja tuzishga chaqirdi. "Ular bizning dushmanlardir", deb ta'kidlab o‘tdi Fransiya prezidenti va terrorchilarga qarshi samarali kurashish uchun "barcha tomonlar, ayniqsa Rossiyaning hamkorligi" talab qilinishini aytdi.

Makron kimyoviy qurol qo‘llanishi u uchun "qizil chiziq" hisoblanishini va bunday holatda Fransiya vaziyatga aralashib, amerikaliklar yordamisiz ham aviazarbalar berishga tayyorligini aytdi. "Kimyoviy qurol qo‘llangani isbotlansa va biz uning kelib chiqishini bilsak, Fransiya aniqlangan omborlarni yo‘q qilish uchun aviazarbalar bilan javob beradi", deb ogohlantirdi Makron.

Ko‘proq yangiliklar: