Qozog‘istondagi YTHda 9 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

O‘zbekiston 17:31 / 22.06.2017 55780

22 iyun kuni Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida Chimkent shahridan Rossiyaning Volgograd shahri tomon yo‘l olgan avtobus YTHga uchragan. 

Yo‘l-transport harakati natijasida halok bo‘lganlar bor, jumladan ularning 9 nafari - O‘zbekiston fuqarolari. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida shu haqida xabar berildi. 

Bundan tashqari, "Kazinform"da xabar berilishicha, 18 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 17 nafari - o‘zbekistonliklar. Voqea sodir bo‘lgan joyda 25 kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

TIV Konsullik idorasi va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash va jabrlanganlarga zarur yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: