Qozog‘iston parlamenti terrorizm uchun fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi

Jahon 12:06 / 22.06.2017 3113

Qozog‘iston parlamenti senati deputatlari seshanba kuni terrorchilik faoliyati uchun fuqarolikdan mahrum etishni nazarda tutgan qonun loyihasini yakuniy o‘qishda tasdiqlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, fuqarolikni o‘ta og‘ir terrorchilik jinoyatlari va Qozog‘iston milliy manfaatlariga og‘ir zarar yetkazilgan taqdirda mahrum etish ko‘zda tutilgan.

Xususan, bularga genotsid, ayirmachilik faoliyati, ekstremistik guruhni tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoki uning faoliyatida ishtirok etish kiradi.

Endilikda hujjat Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev tomonidan imzolanishi kerak.

 

Ko‘proq yangiliklar: