Konfederatsiyalar kubogi. Kamerun va Avstraliya uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi

Sport 22:10 / 22.06.2017 5062

Konfederatsiyalar Kubogi guruh bosqichi doirasidagi Kamerun va Avstraliya terma jamoalari uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi. «Sankt-Peterburg» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Kamerunliklar birinchi bo‘lim oxirida Andre-Frank Angissaning aniq zarbasidan keyin hisobni ochishgandi.

Avstraliyaliklar 60-daqiqada hisobni tenglashtirishdi — Mark Milligen penaltini aniq amalga oshirdi.

Guruhning oxirgi turida, 25 iyun kuni Kamerun Sochida Germaniya bilan o‘ynaydi, Avstraliya esa Moskvada Chiliga qarshi maydonga chiqadi.

B guruhida ayni vaqtda quyidagi holat yuzaga kelgan: 1. Chili — 3 ochko (1 o‘yin); 2. Germaniya — 3 (1); 3. Avstraliya — 1 (2); 4. Kamerun — 1 (2).

Konfederatsiyalar kubogi
Guruh bosqichi, V guruhi
2-tur

Kamerun – Avstraliya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45 Zambo, 1:1 – 60, penalti Milligan.
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngadjui, Fe, Mabuka, Teyku, Zambo, Sutchin-Djum, Bassogog, Mukandjo (Toko-Ekambi, 77), Abubakar, Siani.
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Rayt, Gersbax, Milligan, Rogich (Irvayn, 79), Degenek, Muy, Lekki, Yurich (Keyxill, 70), Kruz (Troysi, 65).
Ogohlantirishlar: Rayt (81), Siani (87), Mabuka (90).

Ko‘proq yangiliklar: