Xitoyda janjal keltirib chiqargan Oskar ancha vaqtga diskvalifikatsiya qilindi

Sport 16:15 / 22.06.2017 13207

Xitoy ligasi «Shanghay Telleys» yarim himoyachisi Oskarni 13-turda «Guanchjou Fuli»ga qarshi o‘yin (1:1) vaqtidagi hodisa uchun qattiq jazoladi.

25 yoshli braziliyalik xavbek o‘sha o‘yin vaqtida raqib futbolchilariga qarata ikki marta to‘pni jahl bilan tepgan va natijada ommaviy mushtlashuv kelib chiqqandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Oskar Xitoy chempionatidagi 8 o‘yindan chetlatilgan va unga 5240 yevro miqdorida jarima qo‘llangan.

O‘sha mojaroli o‘yinda hakam Oskarni jazolamagan, Li Tisyan («Guanchjou Fuli») va Fu Xuanyani («Shanghay Telleys») maydondan chetlatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: