Germaniyada Tailand qiroliga o‘yinchoq to‘pponchadan "hujum qilingani" ma'lum bo‘ldi

Jahon 00:31 / 22.06.2017 6603

Tailand qiroli Rama X (Maxa Vachiralongkorn) Bavariyaning Erding shahrida o‘yinchoq to‘pponchadan "o‘qqa tutilgani" ma'lum bo‘ldi. Voqea aybdorlari 13 va 14 yoshli mahalliy o‘smirlar bo‘lib chiqqan.

“Biz sharchalarni topib oldik va bu ruxsat olish kerak bo‘lmagan «yengil pnevmatika” – o‘yinchoq qurol ekanligini aniqladik”, deb politsiya boshqarmasi vakilining so‘zlarini keltirib o‘tdi Bild nashri

Ma'lum qilinishicha, voqea 10 iyun kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Tailand qiroli velosipedda sayr qilib yurganda butalar orasida berkinib o‘tirgan ikki o‘smir Rama X’ning orqasiga plastik o‘qlar uzishgan. 

Qirol tansoqchilari voqea joyiga politsiya xodimlarini chaqirtirishgan, lekin qirol huquqni himoya qilish idoralariga ariza berishdan bosh tortgan.

Aniqlanishicha, "tajovuzkor" yoshlardan biri – 13 yoshli o‘smir hali jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan, lekin uning 14 yoshli do‘sti tan jarohati yetkazishga urinish moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Hozirda prokuratura ushbu voqeaning tergovi bilan shug‘ullanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: