Forbes: Rossiyaning eng badavlat amaldorlari

Iqtisodiyot 18:52 / 22.06.2017 26889

Forbes jurnalining "Hukumat va pullar - 2017. Eng ko‘p daromad oluvchi 50 davlat xizmatchisi" reytingi ma'lumotlariga ko‘ra, Ulan-Ude shahar kengashi deputati va «Titan» tarmog‘i rahbari Vadim Brendniy Rossiyaning eng badavlat amaldori hisoblanadi. 

Manbaga ko‘ra, o‘tgan yili Bredniyning oilaviy daromadi 2,8 milliard rublni tashkil qilgan. Bredniy va uning turmush o‘rtog‘i tasarrufida 20 dan ortiq yer uchastkasi, 5 turar-joy, avtomobillar va motor qayiqlari mavjud. 

Vadim Brendniy. Foto: youtube/informpolis

Ikkinchi o‘rinni 2,6 milliard rubl daromad bilan Federatsiya kengashi a'zosi hamda «Okeanrybflot» kompaniyasi aksioneri Valeriy Ponomaryov egalladi.

Valeriy Ponomaryov. Foto: rbc

Reytingning uchinchi pog‘onasida Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixonov nomi qayd etildi. Uning daromadi - 2,3 milliard rubl.

Rustam Minnixonov. Foto: kazanfirst

Forbes'ga ko‘ra, reytingning har to‘rtinchi ishtirokchisi Davlat dumasi deputati hisoblanadi. 

Nashr ekspertlari hukumatning 400 dan ziyod idoralari va tuzilmalari deklaratsiyalarini o‘rganib chiqishdi. Reyting tuzishda davlat xizmatchisi, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarining daromadlari yig‘indisi inobatga olindi. 

Ko‘proq yangiliklar: