Facebook foydalanuvchilar fotosuratlarini himoya qiladi

Fan-texnika 14:43 / 22.06.2017 3728

Begona kishilar suratidan nusxa ko‘chirib olish – ijtimoiy tarmoqlardagi eng katta muammolardan biri, hamda bugun u o‘ziga xos uslubda yechimini topdi.

Bugun "Feysbuk" ma'muriyati Photo Guard dasturi haqida ma'lumot berdi. Undan hozircha faqat Hindiston aholisi sinov rejimida foydalanishi mumkin. Hozirda himoya o‘z ichiga sahifadagi fotosuratni yuklab olishga taqiq, boshqa kishilarning sahifa fotosiga belgi qo‘yishi, shuningdek, aksariyat Android-smartfonlarda skrinshotlar yaratishni to‘sib qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

Agarda foydalanuvchi himoyani faollashtirsa, u sahifada fotosurat atrofidagi maxsus moviy belgi bilan bildiriladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu funksiya to‘la himoyani kafolatlamaydi, biroq fotosuratlardan nusxa olish xavfini 75 foizga kamaytiradi.

Ko‘proq yangiliklar: