Chilida tartibsizliklar, 50 kishi qo‘lga olindi

Jahon 10:10 / 22.06.2017 6654

Chilida talabalarning norozilik aksiyasi davomida politsiya 50 kishini qo‘lga oldi.

Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlardan ba'zilarida Molotov kokteyllari bo‘lgan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, tartibsizliklar niqobli shaxslar guruhi marsh davomida shaharning markaziy shoh ko‘chasini yopib qo‘yishga uringanidan so‘ng kelib chiqqan.

Politsiya ularga qarshi suv to‘plari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi.

Ko‘proq yangiliklar: