BMT: 2050 yilga borib Yer aholisi soni 9,8 milliarddan oshadi

Jamiyat 13:34 / 22.06.2017 7356

Yer aholisi soni umumiy tug‘ilish darajasining pasayishiga qaramay, 2050 yilga borib dunyo aholisi soni - hozirgi 7,6 milliard kishidan 9,8 milliardga, 2100 yilda esa 11,2 milliardga  ko‘payadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti hisobotida ma'lum qilindi. 

Tadqiqotga ko‘ra, aholi sonining o‘sishi asosan 47 eng kam rivojlangan mamlakatlar hisobiga to‘g‘ri keladi, u yerlarda tug‘ilish darajasi bir ayolga 4,3 bolani tashkil qiladi. Bu davlatlarning hozirda 1 milliardni tashkil qiluvchi aholisining umumiy soni  2050 yilga borib 1,9 milliardga yetadi. 26 Afrika mamlakatining shu davrdagi aholisi ham ikki barobarga ko‘payadi, deyiladi hisobotda. 

"Umumiy tug‘ilish darajasining pasayishda davom etishiga qaramay, hozirgi yiliga 83 million kishiga oshib boruvchi tendensiya saqlanib qolinishi kutilmoqda", - deya taxmin qilishdi hisobot mualliflari. Ular umumiy tug‘ilish darajasining pasayishini Yer aholisining qarishi bilan bog‘lashmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2100 yilga borib 60 yoshdan katta kishilar soni uch barobarga oshadi va 3,1 milliardni tashkil qiladi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 2010-2015 yillarda Yer aholisining 46 foizi yashovchi 83 mamlakatda tug‘ilish darajasi keragidan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: