Birdaniga boyib ketgan kabutar internet foydalanuvchilari g‘azabiga sabab bo‘ldi

Jamiyat 18:17 / 22.06.2017 22674

Tumshug‘ida 20 dollar bo‘lgan ko‘cha kabutari Imgur platformasi foydalanuvchilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

«Agarda bu qush sizdan ko‘ra ko‘proq pulga ega bo‘lsa, ovoz bering», - deya yozdi NapalmScatterBrain taxallusiga ega foydalanuvchi. Aynan u suratni saytga joylashtirgan. Qariyb 3,5 ming foydalanuvchi bunga o‘z ovozini berdi.

«Gap shundaki, unda haqiqatdan ham mendan ko‘ra ko‘proq pul bor», - deya yozishdi foydalanuvchilar. «La'nati kabutarlar bizning pullarni o‘marmoqda!», - degan sayt foydalanuvchilaridan yana biri.

Ba'zilar esa 20 dollar aynan qushda ekanini to‘g‘ri, deb topishgan. U mablag‘ni nimaga sarflashni hatto bilmasligi ham iddao etildi. «Barcha qushlarning hisob raqamlari bor», - deya xulosa qilgan boshqalar.

Ko‘proq yangiliklar: