AQShning Texasida o‘q-doriga ega F-16 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi

Jahon 08:09 / 22.06.2017 6416

AQShning Xyuston shahrida (Texas shtati) o‘q-dori bilan jihozlangan, AQSh harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi. Samolyot qulagandan keyin yong‘in chiqqan.

CBS telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgurgan va kichik jarohatlar olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Samolyot Xyustondagi Ellington harbiy bazasidan ko‘tarilayotganda falokatga uchragan. Mahalliy hukumat falokat joyidan taxminan 1,5 km radiusdagi hududdan odamlarni evakuatsiya qilganini e'lon qilgan. Shahar meriyasida aytilishicha, evakuatsiya 6 soatga yaqin davom etadi. Texas, F-16

Ko‘proq yangiliklar: