24 iyunda Yerga ulkan asteroid yaqinlashadi

Jahon 17:17 / 22.06.2017 27229

Shu haftaning shanba kuni, 24 iyunda xavfli asteroid sayyoramizga maksimal darajada yaqinlashadi. Astronomlar bu kosmik obektning Chelyabinsk meteoritidan-da xavfli bo‘lishi ehtimoldan xoli emasligini aytishmoqda. "Komsomolskaya pravda"da shu haqida xabar berildi. 

Asteroid 441 987 raqamini olgan. U soat 06:48 (Moskva vaqti bilan soat 04:38)da Yerdan minimal masofada o‘tadi. Kosmik jism diametri 300 metrga teng. U ko‘rsatilgan vaqtda Yer sayyorasiga 3,036 million kilometrga yaqinlashadi. Gigant parvozi tezligi soatiga 45,65 ming kiloyemtrni tashkil qiladi. 

NASA astronomlari bu asteroidni 2010 yildayoq aniqlashgan. Olimlar uni o‘rganish uchun WISE infraqizil teleskopidan foydalanishgan.

Manbada ta'kidlanishicha, yoz faslining avvalida sayyoramiz yonidan 820 metrli asteroid uchib o‘tdi. Kosmik jism Yerdan 3 million kilometrda qayd etildi. U soatiga 83 ming kilometr tezlikda harakatlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: