23 iyun Toshkentda havo harorati pasayadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekiston 12:55 / 22.06.2017 12475

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 23-25, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 22-27, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 22-27, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: