O‘zbekiston sentabrgacha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadimi? Sardor Rahmatullayev javob berdi

Sport 18:00 / 21.06.2017 21969

Bugun, 21 iyun kuni Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda sport olami, O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Vitse-prezidentga yo‘llangan savollardan biri terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida bo‘ldi. Unda terma jamoa saralashning qolgan o‘yinlarigacha bo‘lgan muddat ichida qo‘shni davlatlar terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ehtimollari haqida so‘ralgandi.

«O‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqib saralashdagi raqiblarga qarab tanlanadi. Bu borada ish olib bormoqdamiz», dedi Rahmatullayev.

Qayd etish kerakki, o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar odatda kamida ikki oydan ko‘proq vaqt oldin ma'lum bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, qolgan ikki oy ichida O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlari, xususan, Xitoy va Janubiy Koreya darajasidagi terma jamoa bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: