«Uralmashzavod» O‘zbekistonga tog‘-kon uskunalari yangi partiyasini yetkazib beradi

O‘zbekiston 18:29 / 21.06.2017 4479

Rossiyaning “Uralmashzavod” kompaniyasi Navoiy TKKga kon uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda UZTM matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, NTMK EKG-5A ekskavatorini olishni mo‘ljallamoqda.

«Uralmashzavod» vakili Mixail Gunitsevning Nakanune.ru’ga aytishicha, Navoiy TKK joriy yilda ikkita besh kubli ekskavatorni oladi, ularni yetkazib berish iyun va noyabrga rejalashtirilgan.

Shartnoma mo‘ljallangan EKG-5A mashinasi 2018 yilda yetkazib beriladi. EKG-5A ekskavatorning narxi 70 mln. rublga teng, o‘zbek konchilariga yetkazib beriladigan seriyali EKG-18’ning narxi qariyb 460 mln. rubldir.

Ko‘proq yangiliklar: