O‘FF xodimi Samvel Babayanning qochib yurganini tan oldi

Sport 15:09 / 21.06.2017 69469

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Ahrol Inoyatov Xalqaro press klubda tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Ahrol Inoyatov. Foto: twitter/offside_uz

"O‘zbekiston terma jamoasining natijalari yaxshi bo‘lib turganida hech kim indamagandi. Natijalar yomonlashgan zahoti, hamma tanqid qilishga o‘tdi. Bunaqa qilish yaramaydi.

Terma jamoani qiyin vaqtlarda qo‘llab-quvvatlash kerak. Babayanni ham. U hozir umuman o‘zida emas. O‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Hattoki qochib yuribdi. Shunga majbur bo‘lyapti. Stadionlarga kela olmayapti", deya gapirdi Inoyatov.

Ko‘proq yangiliklar: