Toshkent 2017 yil yoz mavsumida MDHdagi eng ommabop shaharlar beshligiga kirdi

Light 13:05 / 21.06.2017 12839

TurStat tahlil agentligi 2017 yil yoz mavsumida sayohat qilish uchun MDHdagi eng ommabop shaharlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

MDHning eng top shaharlari ichidan Qozog‘iston, Ozarboyjon, Belarus, Armaniston va O‘zbekiston poytaxtlari joy olgan. Ostona, Boku, Minsk, Yerevan, Toshkent, Olmaota, Kishinev, Bishkek, Kiyev va Ashxobod 2017 yil yoz mavsumida sayohat qilish uchun MDHdagi eng ommabop shaharlarga aylandi.

O‘zbekistonga yozda keluvchi sayyohlar Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha turlarga katta qiziqish bildiradi. TurStat ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlar yozda Toshkentga o‘rtacha 2,5 kunga keladi va mehmonxonada yashash uchun sutkasiga 45 dollar sarflashadi.

MDHda turistlar uchun eng arzon shaharlar – Ashxobod va Bishkek bo‘lsa, eng qimmatlari – Ostona va Bokudir.

Ko‘proq yangiliklar: