Rossiya Qirg‘izistonning 240 million dollar qarzidan kechadi

Jahon 01:16 / 21.06.2017 9937

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Moskvaga qilgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha tomonlar Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzidan kechish masalasi bo‘yicha kelishib olishdi.

Seshanba kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Har ikki davlatning moliya vazirlari 2012 yil 20 sentabrda taqdim etilgan kredit bo‘yicha Qirg‘izistonning Rossiya oldidagi qarzdorligini tartibga solish bo‘yicha hukumatlararo bitimning dalolatnomasini imzolashdi, deb xabar beradi RBK.

“Qirg‘iston tomonidan qarzdan kechish borasida murojaat bo‘ldi, biz hamkorlarimizga peshvoz chiqdik va bugun 240 million AQSh dollari hajmidagi qarzdan kechish haqida dalolatnoma imzolandi”, — deya tushuntirgan RBKga Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bitim davlat dumasi tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: