Poroshenko Trampni Reyganga o‘xshatdi

Jahon 13:52 / 21.06.2017 13590

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Amerika rahbari Donald Trampni AQShning “sovuq urush” paytidagi sobiq prezidenti Ronald Reyganga o‘xshatmoqchi bo‘ldi. Poroshenko o‘ziga xos o‘xshatish haqida Fox News’ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, Reygan “sovuq urushni” bironta o‘q uzilmasdan hal etishga muvaffaq bo‘lgan. U Tramp ham shunga o‘xshash tarzda Ukrainaga Rossiya bilan mojaroda tinchlikni taqdim etishi mumkinligiga umid bildirgan.

“Haqiqiy yetakchi, kuchli shaxs mening davlatimga tinchlikni qaytarishi mumkin – xuddi Reygan “sovuq urushda” bironta o‘q uzmay g‘alaba qozongandek”, - dedi Poroshenko.

Ko‘proq yangiliklar: