Nazarboyev pensiyalar oshirilishi haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 07:53 / 21.06.2017 9338

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Ushbu hujjat respublika byudjyetidan to‘lanadigan pensiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirishni ko‘zda tutadi. Umumiy pensiyalar miqdori joriy yil boshida 9 foizga oshgani hisobga olingan holda 11 foizga oshadi. Bazaviy pensiya miqdori 13 foizga oshadi. Natijada pensiyalar miqdori 2017 yil 1 iyuldan 2016 yilgiga nisbatan 20 foizgacha oshishi ta'minlanadi. Ushbu oshirish 2 mln dan ko‘proq kishini qamrab oladi.  

Yuqoridagi o‘zgarishlar bilan minimal pensiya miqdori (bazaviy pensiya hisobga olingan holda) 2016 yildagi 37789 tangadan 45711 tangaga oshadi. Pensiyaning o‘rtacha miqdori 55154 tangadan 66721 tangaga oshiriladi.

Bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan davlat nafaqasi miqdori 2017 yil 1 yanvardan 7 foizga oshirilgan, 1 iyuldan esa yana 20 foizga oshiriladi. Natijada bu nafaqa 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 27 foizga oshadi. 

2016 yilda birinchi, ikkinchi va uchinchi farzand tug‘ilgani uchun to‘langan davlat nafaqasi 66621 tangani tashkil qilgandi, endi uning miqdori 1 iyuldan 86222 tangani tashkil qiladi. To‘rtinchi va undan ko‘proq farzand tug‘ilishiga beriladigan davlat nafaqasi 111035 tangani tashkil qilgan, 1 iyuldan uning qiymati 142947 tangaga teng bo‘ladi. 

Qonun bilan ish beruvchi majburiy to‘laydigan pensiya badallarini joriy qilish muddati 2018 yildan 2020 yilga ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: