Konfederatsiyalar kubogi. Portugaliya Rossiyani yengib, guruh peshqadamiga aylandi

Sport 22:19 / 21.06.2017 10354

Konfederatsiyalar kubogi A guruhi doirasida Rossiya va Portugaliya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Moskva shahridagi «Otkrytiye Arena» stadionida kechgan uchrashuv portugallarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 8-daqiqasida Rafael Gerreyroning jarima maydoniga yo‘llagan to‘pi Krishtianu Ronalduga kelib tushdi va u boshi bilan to‘pni Igor Akinfeyev qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

24 iyun kuni Rossiya terma jamoasi uchinchi tur doirasida Meksika bilan o‘ynaydi, Portugaliya Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda maydonga tushadi.

Hozirga kelib Portugaliya guruhda 4 ochko bilan peshqadamga aylangan, Rossiya ikki o‘yindan keyin 3 ochko bilan hozircha ikkinchi o‘rinda. Meksika va Yangi Zelandiya ikkinchi turni endi o‘tkazishadi.

Konfederatsiyalar kubogi
A guruhi, 2-tur

Rossiya – Portugaliya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 8 Ronaldu.
Rossiya – Akinfeyev, Shishkin (Yeroxin, 46), Djikiya, Vasin, Kombarov (Poloz, 68), Glushakov, Samedov, Golovin, Jirkov, Kudryashov (Buxarov, 83), Smolov.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru (Elizeu, 66), Soaresh, Alvesh, Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu, Adriyen Silva (Danilu Pereyra, 82), Andre Gomesh, Ronaldu, Andre Silva (Jyelson Martinsh, 78).
Ogohlantirishlar: Glushakov (26), Pepe (57), Bernardu Silva (71), Jikiya (72), Samedov (76).

Ko‘proq yangiliklar: