Qatar «qamali» mamlakatning neft va gaz sohasiga ta'sir ko‘rsatadimi?

Jahon 09:33 / 21.06.2017 7480

Qatarga nisbatan boshqa davlatlar tomonidan kiritilgan embargo amirlikning neft va gaz sohasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda Qatar Petroleum davlat korporatsiyasi bosh direktori Saad Sherid al-Kaabi seshanba kuni Al Jazeera telekanaliga xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qatar “istalgan inqirozli vaziyatlarga tayyor turgan”. “Biz blokada sharoitida doimiy ravishda ishlashga tayyormiz, bu neft va gaz sanoatiga ta'sir ko‘rsatmaydi, - dedi u. – Inqirozning ilk kunlari kompaniyalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdik va harakatlar rejasini muhokama qilib, monitoring komissiyasini tashkil etdik”.

Al-Kaabining qayd etishicha, Qatar ro‘y berayotgan vaziyatga qaramay, o‘z majburiyatlariga sodiq qoladi. Uning umid bildirishicha, amirlikda ishlovchi kompaniyalar hamkorlikni davom ettiradi. Shu bilan birga, uning eslatishicha, “Qatar neft va gaz sohasiga xorijiy sarmoyalar hajmi 2016 yilning oxirida 68 mlrd. dollarni tashkil etdi”.

Ko‘proq yangiliklar: