Fransiyadagi plyajga 1,5 tonnadan ko‘proq giyohvand modda to‘lqin bilan chiqarib tashlandi

Jamiyat 21:41 / 21.06.2017 5321

Fransiyaning Landa departamentida joylashgan Mimizan kommunasidagi plyajga 1,5 tonnadan ko‘proq kokain giyohvand moddasi to‘lqin bilan chiqarib tashlandi. Bu haqda France Soir portali xabar berdi.

Ushbu zahri qotil uni sotuvchi giyohvandfurushlar sohil bo‘ylab rezina qayiqlarda ketayotganlarida falokatga uchraganlaridan keyin to‘lqin bilan qirg‘oqqa chiqarib tashlangan. Qayiqdagi odamlarni qutqargani yetib kelgan harbiylar sohilda ko‘plab kokain o‘ramlarini aniqlashgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qayiqda bo‘lgan Gretsiyaning 7 fuqarosini va giyohvand moddalarni tashishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yana bir necha kishini qo‘lga olganlar.

Le Parisien nashrining ta'kidlashicha, Eskurs degan joydagi uylardan birida tintuv o‘tkazilganda politsiya umumiy og‘irligi 250 kg bo‘lgan 6 ta o‘ram va chemodanga joylangan kokain aniqlagan. Giyohvand modda egalari – kelib chiqishi gretsiyalik 4 nafar kimsa ushlanib, hibsga olingan. 

Ko‘proq yangiliklar: