Belgiyada o‘yinchoq qurolga ega yigitlar sarosima ko‘tarilishiga sabab bo‘ldilar

Jahon 23:02 / 21.06.2017 3718

Belgiyaning Antverpen shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari binolardan birining tomida qurollangan kimsalar payqalgani sababli maxsus operatsiya o‘tkazdilar. Tezkor harakatlar yakunlangach esa osoyishtalik buzilishiga sababchi bo‘lganlar qo‘llaridagi qurol o‘yinchoq ekanligi aniqlangan.

"Bugun ertalab Antverpen politsiyasi guvohlar binolardan biri tomida qurolga ega 2 yigitni ko‘rishgandan keyin Breydel ko‘chasini to‘sib qo‘ygan", deb aytildi mahalliy politsiya bo‘limining tvitterdagi akkauntida.

Ma'lum qilinishicha, operatsiya davomida butun boshli ko‘cha to‘sib qo‘yilgan va vertolyot jalb qilingan. Yigitlar Antverpen markaziy temir yo‘l vokzali yaqinidagi Breydel ko‘chasidagi binolardan birida ushlanganlar.

Tekshiruv yigitlardan tortib olingan "qurol" ko‘rinishi jihatidan haqiqiy quroldan farqlanmaydigan BB-gun o‘yinchog‘i ekanligini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyunda Bryusselda terrorchi vokzalda qo‘lbola bombani harakatga keltirgan. Portlashning kuchi kichikligi sababli terrorchidan boshqa hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: