«Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi 

O‘zbekiston 16:02 / 21.06.2017 14508

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantiradi va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini ta'minlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi saytida ma'lum qilingan

Unga ko‘ra, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning ro‘yxati asosida ularni «Haj» va «Umra» tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazib borishadi. 

Tuman (shahar)lardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hozirgi vaqtga qadar mazkur o‘zini o‘zi boshqarish organlarida navbatda turgan ziyoratchilarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, xatlov natijalari bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yxatlarni tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha tashkiliy guruhlarga taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: