AQSh Ukrainada korrupsiya bilan kurashga 18 mln dollar ajratdi

Jahon 14:25 / 21.06.2017 4454

AQShning xalqaro taraqqiyot bo‘yicha (USAID) agentligi Ukrainada korrupsiya bilan kurashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga 18 mln dollar ajratdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Vashington “Ukrainada korrupsiyani kamaytirish va boshqaruvdagi shaffoflik darajasini oshirishni” rejalashtirmoqda. Dastur “korrupsiya bilan kurash bo‘yicha majmuaviy normativ-huquqiy baza va korrupsiyaga qarshi kurash asoslarini ishlab chiqish va qabul qilishni” nazarda tutadi.

Shuningdek, USAID Ukraina jamiyatida poraxo‘rlikka e'tiborsiz bo‘lish darajasini ham kamaytirish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: