19 iyun kuni Toshkentda 4 ta YTH yuz berdi, 5 inson jarohatlandi

Jamiyat 12:17 / 21.06.2017 4383

2017 yilning 19 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 19 iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2529 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 776 tasini qo‘pol turdagi, 6 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
 
2017 yilning 19 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1138 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 612 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 526 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: