Ukrainada AQSh harbiylari joylashtirilishi mumkin

Jahon 12:04 / 20.06.2017 8960

Ukraina Oliy radasi spikeri Andrey Parubiyning ma'lum qilishicha, AQSh bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha bitim imzolansa, Ukraina hududida amerikalik harbiylar joylashtirilishi mumkin. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» xabar berdi.

«U (bitim) maxsus amaliyotlar, qo‘shma ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va hattoki Ukraina hududida Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylarini joylashtirishni nazarda tutadi», - dedi Parubiy.

Rada spikerining ko‘rsatishicha, shunday bitimlar amaliyoti AQShda anchadan beri qo‘llaniladi va tegishli hujjatlar Yaponiya, Avstraliya hamda Isroil bilan imzolangan. Parubiyning qayd etishicha, bitimni imzolash mudofaa bo‘yicha uchar qurilmalarni olish uchun ustuvor huquq beradi.

Ko‘proq yangiliklar: