Suriyada Eronning bergan raketa zarbalari oqibatida 65 jangari yo‘q qilindi

Jahon 22:27 / 20.06.2017 5606

Eron tomondan Suriyadagi IShID pozitsiyalariga berilgan raketa zarbalari oqibatida kamida 65 terrorchi yo‘q qilingan. Bu haqda Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Press TV telekanali xabar bermoqda.

Avvalroq korpus Suriyada terrorchilar bazalariga raketa zarbalari bergani ma'lum qilingandi. Zarbalar o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketalar bilan Daur-az-Zo‘r viloyatidagi terrorchilar bazalariga "Tehronga qilingan hujumga javoban" berilgan. Hammasi bo‘lib 6 ta raketa uchirilgan.     

Bayonotda aytilishicha, IShIDning Al-Muhasan shahridagi markaziga berilgan zarba oqibatida 15 jangari, jumladan jangarilar yetakchilaridan biri Sa'd al-Kosabiy yo‘q qilingan.

Shuningdek, IShIDning Suriyadagi yangi qo‘rg‘oni deb atalayotgan Al-Mayadin shahriga berilgan zarba oqibatida 27 jangari, jumladan 6 nafar liviyalik dala qo‘mondoni yo‘q qilingan. 

Tehronda bu zarbalar Suriya hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: