«So‘g‘diyona» murabbiyi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: Mana shunday o‘yinlar chempionat saviyasini oshiradi

Sport 22:49 / 20.06.2017 6745

Oliy liganing 14-turi doirasida kechgan «Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona» uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Davron Fayziyev ishtirok etdi.

«Avvalo, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin ishqibozlarda yaxshi taassurot qoldirdi, deb o‘ylayman. O‘yin haqiqiy jangovar ruhda o‘tdi. Ehtiroslarga boy o‘yin bo‘ldi. Bugungi uchrashuvga biz ham jiddiy tayyorlangandik. So‘nggi yillarda «So‘g‘diyona» qo‘qonliklar jamoasi uchun noqulay raqib sanalib kelayotgandi. Bugun qo‘qonliklar noxush an'anaga chek qo‘yishdi. Mana shunday uchrashuvlarning ko‘payishi chempionatimiz saviyasini oshishiga xizmat qiladi», deya Davron Fayziyevning so‘zlarini keltirgan «Qo‘qon-1912» jamoasi matbuot xizmati.

Qo‘qonda kechgan, birinchi bo‘limda 3:0 hisobi, yakunda 3:2 hisobi qayd etilgan uchrashuvda darvozalarga jami 3ta penalti belgilangan (ikkitasi mezbonlar darvozasiga, biri jizzaxliklar darvozasiga), «So‘g‘diyona»ning ikki futbolchisi maydondan chetlatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: